Taraqqiyotning muhim omili

Namangan viloyatida elektron hukumatning afzalliklari va samaralariga bag’ishlangan matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Viloyat hokimligining axborot xizmati, kompyuterlashtirish markazi, O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining viloyat bo’limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor o’z samarasini berayotgani ta’kidlandi.

“Axborotlashtirish to’g’risida”, “Elektron raqamli imzo to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Prezidentimizning 2012 yil 21 martda qabul qilingan “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda.

– Viloyatda zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish va rivojlantirish bo’yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshirilayotir, – deydi viloyat kompyuterlashtirish markazi rahbari Baxtiyor Oxunboboev. – Jumladan, “Kadr-5”, “Mukofotlash”, “Agroiqtisodiyot”, “Bozor”, “Paxta” “Avtograf” kabi axborot tizimlari joriy etildi. Elektron hukumat tizimida davlat organlari o’rtasida hujjat almashuvini yo’lga qo’yish maqsadida “E-xat”, “E-hujjat” yagona himoyalangan elektron hujjat aylanishi tizimi tatbiq etilib, viloyat, shahar, tuman hokimliklari va bir yuz ellikdan ziyod tashkilot va muassasa mazkur tizimga ulandi.

Ayni paytda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini yagona tizimga ulash, ular o’rtasida elektron hujjat aylanishi tizimini yo’lga qo’yish maqsadida “Mahalla”, kollej va litsey o’quvchilari, bitiruvchilar to’g’risida yagona elektron bazani shakllantirish bo’yicha “E-kollej”, “Uy-joy qurilishi monitoringi” kabi qator axborot tizimlarini yaratish ustida ish olib borilmoqda.

Оставить комментарий

Почта (не публикуется) Обязательные поля помечены *

*

Вы можете использовать эти HTML теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>